
Runking Motor’da Changan avtomobillari uchun OTTS sertifikati olindi!
Hurmatli mijozlar!
Endilikda Runking Motor rasmiy dileri orqali Oʻzbekistonga olib kirilayotgan Changan avtomobillari uchun rasmiy OTTS (ОТТС – Одобрение Типа Транспортного Средства) sertifikati mavjud.
Mazkur hujjat avtomobilning amaldagi texnik meʼyor va standartlarga toʻliq javob berishini tasdiqlaydi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududida hech qanday muammo va toʻsiqlarsiz roʻyxatdan oʻtkazish imkonini beradi.
OTTS sertifikatining mavjudligi sizga quyidagi afzalliklarni taqdim etadi:
✅ Changan avtomobillarining sifat va xavfsizlik bo‘yicha yuqori talablariga javob berishi
✅ Rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazishda hech qanday byurokratik to‘siqlarning yo‘qligi
✅ Yuridik va jismoniy shaxslar uchun ishonchli va qonuniy tanlov kafolati
Runking Motor doimo o‘z mijozlariga sifatli, ishonchli va qonuniy xizmatlar taqdim etishni maqsad qilgan.
Endi siz Changan avtomobillarini bemalol tanlashingiz va ishonch bilan boshqarishingiz mumkin!