DEEPAL SL03 – Oʻzbekiston Jimxana Chempionati 2025 ikkinchi bosqichida
9-mart kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Jimxana va Karting Slalom Chempionati 2025 ning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu hayajonli musobaqani Oʻzbekiston Milliy Avtomobil va Mototsikl Federatsiyasi tashkil etdi.
Changan DEEPAL va Changan NEVO brendlarining Oʻzbekistondagi rasmiy distribyutori Runking Motor Co. Ltd. ushbu musobaqaning homiysi sifatida ishtirok etdi. Bizning kompaniyamiz tomonidan zamonaviy texnologiyalar va sport uslubini o‘zida mujassam etgan DEEPAL SL03 elektromobili taqdim etildi.
Ikkinchi bosqich g‘oliblarini tabriklaymiz!
🏆 Dilshod Yusupov
🥈 Bobur Qurbonqulov
🥉 Alim Ahmadjonov
Chempionatning eng yaxshi uchta haydovchisi 2025-yil 26-28 sentabr kunlari Shri-Lankada bo‘lib o‘tadigan Asia Pacific Motorsport Championship 2025 musobaqasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Runking Motor Co. Ltd. Oʻzbekistonda avtosportni rivojlantirish va avtomobil sanoatida ilg‘or texnologiyalarni ommalashtirishni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Yangiliklarimizni kuzatib boring va mamlakatimizning eng yirik avtomobil tadbirlaridan xabardor bo‘ling!