
O‘zbekistonda Changan avtomobillarini ishlab chiqarish loyihasi faol rivojlanmoqda
2025-yil fevral oyida Runking Motor Co. Ltd. — O‘zbekistondagi Changan, Deepal va Changan Nevo brendlari rasmiy distribyutori — Central Asia Motors Co. (CMG) bilan mamlakatda Changan avtomobillarini mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha strategik kelishuv imzoladi.
Ushbu kelishuv doirasida Deepal S07, S05, Changan Nevo Q05 va A05 modellarini mahalliy ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Loyiha yuqori texnologiyali avtomobillarni aholiga yanada yaqinlashtirish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan.
Kelishuv imzolangandan buyon loyiha izchil taraqqiyot ko‘rsatmoqda. Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyorgarlik ishlari, jumladan, texnik modernizatsiya va xodimlarni o‘qitish ishlari faol davom etmoqda. Ikkala kompaniya mutaxassislari xalqaro standartlarga mos yuqori sifatli yig‘ilishni ta’minlash uchun yaqindan hamkorlik qilmoqda.
🔧 1-bosqich: DKD to‘plamiga tajribaviy demontaj muvaffaqiyatli yakunlandi
Loyihaning birinchi bosqichi doirasida avtomobilni DKD (Disassembled Knock Down) formatida sinov tariqasida qismlarga ajratish ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu jarayon avtomobilni yirik qismlarga ajratib, ularni ishlab chiqarish maydonchasiga yetkazish va u yerda qayta yig‘ishni o‘z ichiga oladi.
Mazkur bosqich lokalizatsiya jarayonidagi muhim qadam bo‘lib, keyingi bosqichlarga o‘tishga jamoaning tayyorligini tasdiqladi.
Runking Motor Co. Ltd. loyiha ustida faol ishlashda davom etmoqda va yaqin vaqt ichida O‘zbekistonda yig‘ilgan Changan avtomobillarini iste’molchilarga taqdim etishni rejalashtirmoqda.