
Runking Motor O‘zbekiston drifti bo‘yicha chempionatning birinchi bosqichi hamkori bo‘ldi
Runking Motor kompaniyasi, O‘zbekistondagi CHANGAN DEEPAL brendining rasmiy distribyutori, 2025-yilgi O‘zbekiston ochiq drifti chempionatining I bosqichida rasmiy hamkor sifatida ishtirok etganidan mamnunmiz. Tadbir NAFKU — O‘zbekiston Milliy avtomobil va mototsikl federatsiyasi hamda UDC — Uzbekistan Drift Championship tomonidan tashkil etildi.
Musobaqa doirasida biz eng ilg‘or gibrid avtomobillardan biri — Deepal SL03 modelini taqdim etdik. Ushbu avtomobil texnologik, iqtisodiy va qulaylik jihatidan yuqori darajada. Yo‘l harakati davomida bor-yo‘g‘i 100 km uchun 4,5 litr yoqilg‘i sarflaydi, umumiy yurish zaxirasi esa 1200 km gacha, shundan 200 km — elektr rejimida harakatlanishi mumkin.
Ushbu tadbirda ishtirok etish biz uchun nafaqat avtomototsportni qo‘llab-quvvatlash, balki avtomobillar kelajagining qanday bo‘lishi mumkinligini namoyish etish imkoniyatidir: samarali, aqlli va omma uchun ochiq.
Runking Motor O‘zbekistonda avtomobil madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi. Tashkilotchilarga hamkorlik va yorqin tadbir uchun minnatdorchilik bildiramiz!